12 fev 07:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Fyuri - Joshua jangi haqida: "Yana ikki hafta va hamma narsa tayyor bo'ladi"
WBA, WBC va IBF kamarlari sohibi Entoni Joshuaning (24-1, 22 KO) promouteri Eddi Xirn hozircha Tayson Fyuri va Entoni Joshua jangi haqida gapirmasligini bildirdi.
Buni Xirndan Bob Arum iltimos qilgan. Xirnning so'zlariga ko'ra ikki haftada barchasi hal bo'ladi.
"Bob menga qo'ng'iroq qildi va bu jang haqida gapirishni to'xtatishimni so'radi. Men nega bunday deyayotganini so'radim. U aytdiki, hozir sen gapirasan, keyin men, keyin esa Frenk Uorren nimadir deydi. Bob mendan shartnoma imzolab bo'lganidan so'ng barchasini birga elon qilishimizni aytdi.
Men Bobni hurmat qilaman. U to'g'ri gaplarni aytdi. SHu sababli, men hozir bu jang haqida gapirmoqchi emasman. Yana ikki hafta va hamma narsa tayyor bo'ladi", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar