26 avg 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn Fyuri - Usik jangida kim favorit ekanligini aytdi
Promouter Eddi Xirn WVA, WVO, IBF va IBO chempioni Aleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
"Bu jangda Aleksandr Usikni ustun deb o'ylayman. Ikkalasi ham juda aqlli bokschilar.
Bu kurash unchalik ham tomoshabop bo'ladi deb o'ylamayman. Lekin qiziqarli bo'ladi. Tayson Fyuri Aleksandr Usik bilan jang qilishni istamaydi, biroq shunga majbur. Sababi, o'rtaga katta pul tikiladi", — deya Xirnning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Havola :
Fikrlar