17 may 09:28
Yangiliklar

Eddi Xirn: "Hozirda Kanelo - Golovkin jangi katta ahamiyatga ega"
"Bu to'qnashuv hali ham katta ahamiyatga ega. G'alati bo'lishi mumkin. Ammo, hozirda Kanelo va Golovkin o'rtasidagi jang muhimroq. Bu safar odamlar Gennadiyni g'alaba qozonishga ishonmoqda.
Ilgari barcha: "U 39, 40 yoshda g'alaba qozona olmaydi", deyishardi. Endi odamlar Kaneloning so'nggi jangini ko'rib: "Yaxshi, Golovkinda endi imkoniyat yuqoriroq", deya o'ylashmoqda. Demak, bu katta jang bo'ladi. Xuddi Dmitriy Bivolga qarshi revansh jangi kabi.
Agarda Alvares Bivolni mag'lub etganida, odamlar uni katta favorit deb bilishardi. Kanelo hamon favorit. Nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Kanelo va Golovkin o'rtasidagi birinchi jang 2017 yilda durang bilan yakunlangan. 2018 yil revansh jangida meksikalik bokschi hakamlar qarori bilan g'alaba qozongandi.
Fikrlar