06 iyu 08:45
Yangiliklar
Eddi Xirn: "Jangda buni amalga oshirish deyarli ilojsiz"
Malumot uchun, britaniyalik bokschi faoliyati davomida Endi Ruis va og'ir vazn toifasida WBO, WBA, IBF va IBO chempioni ukrainalik Aleksandr Usikka mag'lub bo'lgan.
Xirnning aytishicha, bu ikki mag'lubiyatni taqqoslab bo'lmaydi.
- Bu ikki mag'lubiyat o'rtasidagi farq shundaki, Joshua Ruisga nisbatan ancha yaxshi bokschi edi. Ruis Entoniga mos raqib emasdi. Ammo, Usik jiddiy raqib va Joshua unga mag'lub bo'ldi.
Xirnning takidlashicha, Joshua ko'proq Ruisga uchralgan mag'lubiyatdan xafa bo'lgan.
- Joshua Ruisga yutqazgandan so'ng: "SHunchaki qo'lga tushib qoldim. Men yutqazmasligim kerak edi. Lekin, mag'lub bo'ldim", degan. Ammo, Usik bilan hammasi boshqacha bo'lgan, sababi u haqiqatdan ham mag'lub bo'lgandi. Joshua jangda noto'g'ri taktika tanlagan, Usik esa tezkor zarbalar bilan uni mag'lub etgan.
Promouter Eddi Xirn ukrainalik bokschi bilan revansh jangi oldidan Joshuaning ruhiy holati haqida gapirdi.
- Usikka mag'lub bo'lganidan so'ng buni qabul qilish ancha qiyin kechgan. Endi Joshua jang uchun to'g'ri taktika tanlashi kerak. Ruis bilan revansh jangi oldidan: "Jang qilmaslik kerak" deyishgan. Endi unga tajovuzkorroq bo'lishni maslahat berishmoqda. Usik bilan jangda buni amalga oshirish deyarli ilojsiz. SHu sabab hozir Joshuaga juda qiyin.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Jidda shahrida Super Dome arenada bo'lib o'tadi.
Fikrlar