22 jan 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Joshua - Fyuri jangi natijasini taxmin qildi
WBA, WBO va IBF chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining WBC kamari sohibi Tayson Fyuri bilan bo'ladigan jangi haqida fikr bildirdi.
"Joshua Fyurini to'xtatadi. Men bunga shubha qilmayman. Entoni kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bir necha yildan so'ng Joshuaga qarshi jang qilish shunchaki ilojsiz bo'lib qoladi.
Men Joshuaning eng kuchli superog'ir vaznli bokschi deb bilaman. U Fyurini nokautga uchratadi. To'g'ri, Fyuri Uaylderning ikki zarbasidan so'ng o'rnidan turishni uddasidan chiqdi. Lekin, u zarbalarning hech biri aniq va ideal zarba bo'lmagan edi", - dedi Eddi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar