25 jan 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn Joshua - Fyuri o'rtasidagi jang uchun shartnomani deyarli tayyorlab qo'ydi
Superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyurining co-promouteri Bob Arumning takidlashicha Fyuri va Joshua o'rtasidagi jang uchun shartnomaning xomaki nusxasi tayyor.
"Kecha Eddi Xirn bilan gaplashdim. Seshanba kuni Joshuaning vakillari bizga shartnomaning birinchi talqinini jo'natishadi. Keyin esa biz Frenk Uorren, Fyuri va yuristlar bilan bu shartnomani muhokama qilamiz. So'ng, o'zimizning izohlarimiz bilan bu shartnomani ortga qaytaramiz.
Biz bu masalada unchalik boshimizni og'ritib o'tirishimizga to'g'ri kelmasa kerak, chunki biz o'z ishimizning ustalarimiz va bu jangni tashkil etishni juda xohlaymiz. Barchasidan so'ng jang o'tkaziladigan joy aniqlanadi.
Aminmanki, bir-ikki haftada qo'limizda ikki tomon ham imzolashga tayyor bo'lgan shartnoma bo'ladi", - dedi Bob Arum.
Havola :
Manba : talkSPORT
Fikrlar