29 okt 18:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Eddi Xirn SHahram G'iyosovning Romeroga qarshi jangi qachon bo'lishini aytdi
Promouter Eddi Xirn hamyurtimiz SHahram G'iyosovning Rolando Romero bilan bo'ladigan jangi haqida gapirdi.
SHahram ayni paytda WBA yo'nalishida majburiy davogar hisoblanadi. Tashkilot chempion Rolandoga kamarni G'iyosovdan himoya qilish majburiyatini qo'ygan.
"SHahram G'iyosov bilan bog'liq vaziyat biroz nohush bo'ldi. SHuning uchun WBA Romero bilan jangga buyruq berib, to'g'ri qaror qabul qilganidan xursandman.
Romero va Menni Pakyao o'rtasida jang bo'lishi haqida gaplar bor, lekin SHahram uzoq kutdi. SHu sabab WBA uning poziciyasini hurmat qilishi kerak va G'iyosov WBA jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bu jang katta ehtimol bilan 2026 yil boshida bo'ladi", - dedi Eddi Xirn.

Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar