02 avg 06:53
Yangiliklar
Eddi Xirn: "Tayson qaytganidan keyin aqlbovar qilmaydigan ishlarni amalga oshiradi"
Xirnning so'zlariga ko'ra, jang bo'yicha muzokaralar shu yilning dekabr oyida boshlanishi mumkin.
"Men Fyurining jamoasi dekabr oyida CHisora bilan bog'langani haqida malumotga egaman. Tayson ringga qaytadimi? Hozir buni aniq aytish qiyin".
Xirn agar Fyuri boksga qaytsa, CHisoraning o'rniga Joshua bilan jang qilishini takidladi.
"Fyuri Joshua bilang jang qilishiga ishonaman. Bu boks tarixidagi eng yirik qarama-qarshilik bo'ladi. Tayson ajoyib xarakterga ega va qaytganidan keyin aqlbovar qilmaydigan ishlarni amalga oshiradi", - deya Xirn so'zlarini keltiradi Mirror.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va CHisora o'rtasidagi birinchi jang 2011 yilda bo'lib o'tgan va hakamlar qarori bilan Tayson g'alaba qozondi. Revansh jangi 2014 yilda bo'lib o'tgan va unda ham Fyuri texnik nokaut evaziga zafar quchgan edi.
Fikrlar