08 okt 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Edgar UFC'dagi xayrlashuv jangini qachon o'tkazishi malum
Engil vaznda UFC sobiq chempioni Frenki Edgar ushbu promoushenda so'nggi bor oktagonga ko'tariladi.
Frenki Edgar UFC'dagi so'nggi jangini Kris Guterresga qarshi o'tkazadi. Jang 12 noyabr kuni Nyu-Yorkda, UFC 281 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Bu Frenki uchun UFC'dagi so'nggi, 30-jang bo'ladi.
UFC 281 turnirining markaziy jangi Israel Adesanya va Aleks Pereyra o'rtasida bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, Maykl CHendler va Dastin Pore o'rtasidagi super jang ham ushbu turnir doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar