So’nggi yangiliklar

08:40"Волкановскини мағлуб эта оладиган ягона одам ҳозир менман" - Евлоев 0 08:17Теренс Кроуфорд нима учун Канелога камарларни қайтариб берганини айтди 0 07:30"Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади 0 19:20Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади 0 18:55Элшод Расулов Навбаҳор Ҳамидованинг финал жанги ҳақида: "Бу тенг кетаётган жангда боксчига психологик томонлама қаттиқ таъсир қилади" 0 18:29Жаҳон рейтингида 19-ўринни эгаллаб турган Шарифа Давронова ЖЧда 18-натижани қайд этди 0 18:04Канело: "Фаолиятимда эришиш мумкин бўлган барча ютуқларни қўлга киритиб бўлдим" 0 17:41Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади 0 17:15Руслан Абдуллаевнинг рақиби ўзгарди. Ҳамюртимиз энди Фазлиддин Ғоибназаровнинг собиқ рақиби билан тўқнаш келади 0 16:51Анвар Анваров учун Жаҳон чемпионати омадсиз кечди 0 16:23Мовсар Евлоев Диего Лопесга реванш беришга тайёр 0 15:56"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда 0 15:35Ренье де Риддернинг рақиби ўзгарди 0 15:08Жаҳон чемпионати: Лайлохон Собирова ўтиш босқичида мағлуб бўлди, Умиджон Жалолов бронза учун жанг қилади 0 14:40"Дима уни мағлуб этган бўларди" Биволнинг мураббийи — Кроуфордга қарши эҳтимолий жанг ҳақида 0

09 jan 09:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Edvards – Maxachev, Jons – Miochich, Striklend – CHimaev... Bizni 2024 yilda qanday janglar kutmoqda?

2023 yil aralash yakkakurash muxlislariga chempionlik kamari uchun kechgan qiziqarli janglar, chiroyli nokautlarni taqdim etdi.

Biz esa bu yil o'tkazilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy to'qnashuvlarni ko'rib chiqamiz.

Leon Edvards – Islam Maxachev 

Aralash jang sanatining rossiyalik muxlislari tomonidan eng kutilgan janglaridan biri. P4P reytingi etakchisi ikkinchi chempionlik kamarini qo'lga kiritishni orzu qilmoqda. Maxachev ikki vazn chempion bo'lsa, o'z nomini MMA tarixiga yozib qo'yadi va yutuqlari bo'yicha hatto Xabib Nurmagomedovdan ham o'zib ketadi. 


Islam Maxachev – Konor Makgregor

2024 yilda MMAning asosiy yulduzlaridan sanalgan Konor qaytadi. Irlandiyalik sportchi ikki yildan ortiq vaqt davomida jang qilmadi, ammo engil vazn toifasida chempionlik poygasiga qaytish istagida. Makgregor o'z qaytishini CHendlerga qarshi jang bilan boshlashni rejalashtirgan. Mabodo, Konor bo'lajak jangda g'olib bo'lsa, katta ehtimol Maxachevga qarshi oktagonga chiqadi. Irlandiyalik va Xabib o'rtasidagi jang liga tarixidagi eng shov-shuvli va daromad keltiruvchi to'qnashuv bo'lgandi. Dana Uayt esa buning davomini ham o'tkazishga qarshi bo'lmasa kerak. 


Jon Jons – Stipe Miochich 

Ushbu jang o'tgan yili elon qilingan, biroq Jonsning jarohati sabab o'tkazilmay qolingandi. O'shanda bu qarama-qarshilik tarixdagi eng yaxshi og'ir vaznli jangchilar to'qnashuvi sifatida etirof etilgan edi. Stipe allaqachon 41 yoshda u yosh Tom Aspinall bilan jangga rozi bo'lishi dargumon. Miochichni faqat Jonsga qarshi bo'lajak jang qiziqtiradi xolos. Dana Uaytning so'zlariga ko'ra, Jon jarohatidan forig' bo'lgach, Stipe bilan "duel"ga chiqadi. Qolaversa, liganing o'zi ham ushbu jangni o'tkazishdan manfaatdor. 


SHon O’Melli – Petr Yan 

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Petr Yan muvaffaqiyatsiz seriyadan so'ng uzoq tanaffusga yo'l oldi. Endi rossiyalik jangchi yana qafasga qaytmoqda va UFC 299 turnirida Song Yadongga qarshi oktagonga chiqadi. Petrning ishonchli g'alabasi uni chempionlik uchun kurashga qaytaradi. Hozircha kamar sohibi O’Melli bo'lib turibdi. Ularning birinchi to'qnashuvi ajoyib va yorqin tarzda bo'lib o'tgan edi. Qarama-qarshilikda hakamlarning tushunarsiz qarorlari evaziga SHon zafar quchgandi. Ularning revansh jangini ko'pchilik kutmoqda. 


SHon Striklend – Xamzat CHimaev 

UFC’ga "yovuzona" kirib kelgan CHimaev mag'lubiyatsiz seriyasini saqlab qolmoqda. 2023 yil oxirida Xamzat sobiq chempion Kamaru Usmanni mag'lub etdi va amaldagi chempion Striklend bilan chempionlik kamari uchun jang qilish masalasini katta ehtimol hal qildi. Liganing ommaviy axborot vositalari uchun doim ochiq bo'lgan ikki jangchi o'rtasidagi jangni ko'plab muxlislar istashmoqda. 


Aleksandr Volkanovski – Ilya Topuriya 

18 fevral kuni vazn toifasidan qatiy nazar, eng yaxshi jangchilardan biri bo'lgan Aleksandr Volkanovski o'z kamarini mag'lubiyatsiz kelayotgan Iliya Topuriyaga qarshi bahsda himoya qiladi. Aleks o'zining so'nggi jangida Islam Maxachevga nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. G'alabali seriya qayd etib kelayotgan Iliya chempionlikka intilmoqda va engil vaznda Volkanovskining gegemonlgiga yakun yasamoqchi. 


Jastin Getji – Maks Xollouey 

Aralash yakkakurash olamidagi kun tartibini portlatib yuborgan mish-mish shu bo'ldiki, Getji va Xollouey BMF kamari uchun jang qiladi. Agar Jastin Maxachev bilan jang qilish imkoniyatiga ega bo'lmasa, u holda Maksga qarshi bahs tomoshabinlar uchun, ayniqsa UFC 300 turniri uchun yaxshi variant hisoblanadi. Ikki yorqin va murosasiz uslubga ega sportchilar yilning eng yaxshi janglaridan birini o'tkazishi mumkin.


Aleks Pereyra – Israil Adesanya 

Bu yigitlar allaqachon jang sanati olamiga 4 ta yorqin jangni taqdim etishdi: 2 ta kikboksing (Israil Adesanya) va 2 ta MMA (Aleks Pereyra). Adesanya o'zining so'nggi jangida Striklendga engilib, kamarlarini boy berib qo'ygan. Undan oldingi jangida esa aynan Pereyra bilan to'qnash kelib, uni mag'lub etgandi. Aleks ushbu mag'lubiyatini yopishga tayyor. Israil hozir tanaffusga chiqqan, biroq tez orada yana oktagonga qaytadi. Uning kelgusi raqibi Pereyra bo'lmasa, kim ham bo'lardi?!


Aleksa Grasso – Valentina SHevchenko

Dana Uaytning aytishicha, liga Grasso va SHevchenko o'rtasidagi uchinchi to'qnashuvni tashkil etishga majbur. Ular 2023 yilda 2 ta jang o'tkazishdi, ilk bahsda Aleksa g'olib bo'ldi va chempionlik kamarini tortib oldi. Revanshda esa hakamlarning tushunarsiz qarorlari sabab durang natija qayd etildi. Uchunchi jang bu qarama-qarshlikka nuqta qo'yishi lozim.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing