09 apr 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA

EFC jangchilarining o'rtacha gonorari qancha?
Eagle Fighting Championship (EFC) promoushening rahbari SHamil Zavurov tashkilot jangchilarining o'rtacha gonorarlari haqida fikr bildirdi.
«O'rtacha gonarar - 500 ming rubl (taxminan 6500 AQSH dollari), bazilar esa bundan ham ko'ra ko'proq pul oladi. Bu summa kichik emasligini hamma yaxshi bilib turibdi. Bizning promoushenda asosan yoshlar harakat qiladi, biroq ularga to'liq sharoit yaratib berishga harakat qilmoqdamiz», - dedi SHamil.
Eslatib o'tamiz, ushbu promoushenda bir necha o'zbekistonlik MMAchilar ham jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar