24 sen 15:39
Yangiliklar

Egor Bolotov 100 metrga chalqancha suzish dasturida Jahon chempioniga aylandi!
S13 toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz 100 m masofaga chalqancha suzish dasturida 58.97 soniyada marra chizig'iga etib borib, barcha raqiblaridan ustun keldi va termamiz hisobiga ikkinchi medalni taqdim etdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida 100 m masofaga chalqancha suzish (S13 klassi)
1. Egor Bolotov (O'zbekiston) - 58.97
2. Tomas van Vaanroy (Niderlandiya) - 59.35
3. Oleksey Virchenko (Ukraina) - 59.45.
Egor kecha 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ega chiqqandi. Biroz oldin yakunlangan ayollar o'rtasida 100 m masofaga chalqancha suzish finalida vakilamiz Mubinabonu Xalilova (S13) ettinchi bo'ldi. Oldinda Sardor Baxtiyorov (S7) ishtirokidagi hal qiluvchi bahs kutib turibdi.
Fikrlar