20 avg 22:02
Yangiliklar
Engil atletika
Ekaterina Voronina jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida engil atletika bo'yicha jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida ayollar o'rtasida ettikurash bahslari o'z yakuniga etdi.
Ushbu yo'nalishda yurtimiz sharafini tajribali Ekaterina Voronina himoya qildi.
7 ta yo'nalish yakuniga ko'ra hamyurtimiz 5922 ochko jamg'ardi va 23 nafar sportchi ichida 16-o'rinni band etdi.
Ushbu yo'nalishda oltin medalni britaniyalik Katarina Jonson-Tompson qo'lga kiritdi. Amerikalik Anna Xall va niderlandiyalik Anuk Vetter mos ravishda kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
Eslatib o'tamiz, Vengriyadagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi sharafini besh nafar sportchi himoya qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar