15 iyu 21:48
Yangiliklar
Engil atletika
Ekaterina Voronina Tailanddagi Osiyo chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi!
Tailandda engil atletika bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Quvonarlisi, bugungi kun doirasida ayollar o'rtasida ko'pkurash yo'nalishida ishtirok etgan Ekaterina Voronina oltin medalni qo'lga kiritdi.
Yurtdoshimiz 100 metrga to'siqlar osha yugurish dasturida 14.62 soniya (892 ochko), balandlikka sakrashda 1.77 metr (941), yadro uloqtirishda 13.19 metr (740), 200 metrga yugurishda 25.13 soniya (875), uzunlikka sakrashda 6.07 metr (871), nayza uloqtirishda 51.87 metr (896) va 800 metrga yugurishda 2:15:68 daqiqa (883) qayd etib, jami 6098 ochko jamg'arishga erishdi. G'olib va sovrindorlar:
1. Ekaterina Voronina (O'zbekiston) – 6098
2. Svapna Barman (Hindiston) – 5840
3. Yuki Yamasaki (Yaponiya) – 5696.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar