28 mar 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Ekspert Xabibning sportdan ketishining asosiy sababini aytdi
UFC sobiq jangchisi, ekspert CHeyl Sonnen Xabib Nurmagomedov nega sportdan ketgani haqida o'z fikrini bildirdi.
"Jangchilar sportdan ketishining asosiy sababi — vazn tashlashni xohlamaslik. Masalan, Xabibni olaylik: agar u faoliyatini davom ettirganida, rekordi 30-0 bo'lardi. Ammo u vazn toifasini o'zgartirishni istamadi va rekordiga yangi raqamlar qo'shib bordi.
Agar siz Xabibdan "yana jang qilishni istaysanmi?" deb so'rasangiz, ijobiy javob olardingiz. Nurmagomedov sportdan ketdi, chunki u endi 70 kg.ga vazn tashlashni xohlamadi. Bu haqiqat. Xabib va boshqa jangchilar o'rtasida hech qanday farq yo'q. Jangchilarning nafaqaga chiqishining asosiy sababi shu," — dedi Sonnen.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar