11 avg 07:45
Yangiliklar
Ekvadordagi jahon chempionatini kumush medal bilan boshladik + FOTO
Dunyo birinchiligida sayyoramizning 5 qitasi 63 davlatidan jami 373 (208 erkak, 165 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etyapti. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham jahon chempionati medallari uchun kurashga kirishishdi.
Quvonarlisi, ilk kungi bellashuvlar terma jamoamizga kumush medalni taqdim etdi. -66 kg vazn toifasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilgan Azizbek Ortiqov finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medal sohibiga aylandi. U jahon chempionligi uchun kechgan murosasiz bellashuvda tojikistonlik Nurali Emomaliga imkoniyatni boy berdi.
SHuningdek, birinchi kungi bahslarda hamyurtlarimizdan Halimajon Qurbonova (-48 kg), Umida Jumaniyazova (-52 kg) va Zamohshari Bekmurodov (-60 kg) ham o'z mahoratini namoyish etdi.
Fikrlar