18 okt 21:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimov tarozidan o'tdi, ammo raqib boshqa
Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Elnur Abduraimov ertaga tongda AQSHda professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Hamyurtimizga mazkur jangda amerikalik Xose Salinas raqiblik qilishi lozim edi. Ammo, malum bo'lishicha Salinas bu jangda ishtirok eta olmaydi. Abduraimovga ertangi jangda boshqa bir amerikalik charm qo'lqop ustasi Jovanni Gonsales raqiblik qiladigan bo'ldi.
Malumot uchun, Gonsales prof ringda 7 ta jang o'tkazib, ularning 5 tasida g'alaba qozongan. 2 ta jangda mag'lubiyatga uchragan. Elnur esa bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini nishonlagan va o'sha jangda amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratgandi.
Eslatib o'tamiz, jangga AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi "Fantasy Springs Casino" arenasi mezbonlik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar