29 iyu 07:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimovning AQSHdagi jangi birinchi raunddayoq yakunlandi
Kaliforniyada professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu jang oqshomida o'zbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov meksikalik Leonel Morenoga (11-3-1,9 KO) qarshi ringga ko'tarildi.
Jang vakant bo'lib turgan IBF North American kamari uchun tashkil etildi.
10 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Bahsning 1-daqiqasi oxiriga etib borayotgan bir paytda bokschimiz chap qo'ldagi kuchli zarbasi orqali raqibini yiqitdi. O'z navbatida Moreno jangni davom ettira olmadi.
SHu tariqa Elnur faoliyatidagi 10-jangida ham raqibini mag'lubiyatga uchratdi. U raqiblarining 9 tasini muddatidan oldin mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar