27 iyu 12:02
Yangiliklar
Elnur Abudraimov ertadan keyin AQSHda ringga ko'tariladi
AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahrida o'tkaziladigan professional boks kechasi Golden Boy promouterlik kompaniyasi hamda DAZN striming tizimi hamkorligida tashkil etilyapti. Ushbu boks oqshomining hozircha markaziy jangi sifatida aynan hamyurtimiz ishtirokidagi to'qnashuv ko'rsatilmoqda.
Bizdagi malumotlarga qaraganda, Elnur Abduraimovning raqibi meksikalik Leonel Moreno bo'ladi. Moreno 11 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyatga ega. Raqiblarini 9 ta jangda nokautga uchratgan va o'z o'rnida o'zining yagona mag'lubiyatida ham nokautga uchragan. Jang vakant, yani egasiz bo'lib turgan IBF North American kamari uchun kechadi.
"Bu mening ilk kamar uchun kechadigan jangim bo'ladi. Faqat g'alaba uchun ringga ko'tarilaman. Ushbu jang uchun yaxshigina tayyorgarlik ko'rdim. Muxlislarga yoqadigan jang ko'rsatish uchun astoydil harakat qilaman", - dedi Abduraimov.
Malumot uchun, Elnur Abduraimov prof ringda 9 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Sakkizta jangda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. So'nggi jangini 8 may kuni Las-Vegas shahridagi mashhur "T-Mobile Arena"da kubalik Manuel Korreaga qarshi o'tkazib, raqibini 8 raundga mo'ljallangan jangning 2-raundida nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Fikrlar