17 okt 10:21
Yangiliklar

Elnur bugun tarozidan o'tadi, bizning vaqt bilan juma tongida jang!
Hamyurtimizning 18 oktyabr (Toshkentda 19 oktyabr tong sahar bo'ladi) kuni amerikalik Xose Salinasga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang AQSHning Kaliforniya shtati Indio shahridagi Fantasy Springs Casino arenasida bo'lib o'tadi.
Bugun tunda (bizning vaqt bilan ertaga tong saharda) bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishadi. Hamyurtimiz uchun bu faoliyatidagi ikkinchi jang bo'ladi. Elnur yaqinda debyut jangida amerikalik Aron Jamil Xollisni nokautga uchratgandi.
Salinas esa 20 yoshda bo'lib, aslida Nikaraguada tug'ilgan va hozirda AQSH sharafini himoya qiladi. Xose prof ringda 6ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar