So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

03 mar 14:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Elshod Rasulov jahon chempionatiga tayyorgarlik, tarkib va Hindistonga jo'nab ketish haqida gapirdi

Teglar :  Elshod Rasulov
Yaxshi bilasiz, 15-26 mart kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.

SHu kunlarda JCHda ishtirok etadigan O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiy Elshod Rasulov boshchiligida Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati mazkur yig'inga tayyorgarlik yuzasidan murabbiyning fikrlari bilan qiziqdi. 


- Ayni paytda Toshkentda o'tkazilayotgan yig'in, shuningdek oldinda turgan JCHga tayyorgarlik haqida gapirib bera olasizmi? 

- Hozirgi kunda poytaxtimiz Toshkent shahrida jahon chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichlaridan birini olib bormoqdamiz. Asosan texnik-taktik holatga etibor qaratyapmiz. Raqiblarimizni bilamiz va shundan kelib chiqqan holda tayyorgarlik o'tkazyapmiz. 


- Yakuniy tarkibni o'zingiz uchun aniqlab olgan bo'lsangiz kerak. Bu haqida qachon bilib olishimiz mumkin bo'ladi? 

- Ha, jahon chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibni aniqlab oldik. Ayollar terma jamoasi murabbiylar shtabi o'tkazilgan musobaqalar va o'quv-yig'in mashg'ulotlaridan kelib chiqqan holda, Nyu-Delida o'tkaziladigan jahon chempionatida qatnashadigan tarkibni aniqlab oldik. Bu bo'yicha yaqin kunlarda tarkibni elon qilamiz. 


- Terma jamoamiz qachon Nyu-Deliga jo'nab ketadi? 

- 7 mart kuni jahon chempionati o'tkaziladigan Nyu-Deli shahriga yo'l olamiz. U erda JCHga tayyorgarlikning eng oxirgi bosqichi o'tkaziladi.


- Hindistondagi JCHda terma jamoa oldiga qo'yilgan minimum vazifa qanday?

- Bugungi kunga kelib qizlarimiz yaxshi sport formasida. Ko'plab xalqaro musobaqalarda qatnashdik, tajriba orttirdik. Men shogirdlarimga ishonaman va ringga albatta yaxshi natija uchun chiqamiz. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing