22 okt 14:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko akasining bo'lakaj jangiga taxmin bildirdi
MMA ustasi Aleksandr Emelyanenko akasi Fedor Emelyanenkoning Timoti Jonsonga qarshi jangiga o'z taxminini aytdi.
"Akamga muxlislik qilishim aniq. U raqibini qiyinchiliksiz mag'lub etadi. Unga omad tilayman va bo'lakaj jangdan hech qanday jarohat ortirib olmasligini istayman.
Menimcha, Fedor raqibini ikkinchi raundda nokaut qiladi. Birinchi raundda raqibini o'rganadi va katta ehtimol bilan parter holatiga ham tushirmaydi. Jonson asosan boks tushadi va shu sababli ham bu bahsda kurash unchalik ko'p bo'lmaydi", - dedi Aleksandr.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar