26 okt 19:31
Yangiliklar
Boks/MMA

"Emelyanenko - haqiqiy mo'jiza". Korme Fyodor haqidagi gaplarini izohladi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme Fyodor Emelyanenko haqidagi o'zining tanqidiy gaplarini izohladi.
Avvalroq, Daniel Korme Fyodor 2009-2011 yillarda ko'pi bilan UFC'ning o'rtacha jangchisi bo'lishi mumkinligini aytgandi.
"Do'stlar, men bazi narsalarni tushuntirib berishim lozim. Men Fyodorni juda yoqtiraman. Ammo, fikrimcha u 2009-2012 yillarda UFC'dagi dominant jangchi bo'lishi qiyin edi.
Nega juda qo'p insonlar bu fikrimga yomon munosabat bildirishayotganiga tushunmayapman. Fyodor o'sha yillarda bu qadar foydali emasligi - bu fakt. U har safar oktagonga chiqqanida men Fyodorga muxlislik qilaman. Emelyanenko - haqiqiy mo'jiza", - deydi Daniel Korme.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar