07 jan 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Emelyanenko oktagonga qaytmoqda + FOTO
Rossiyalik og'ir vazn toifasidagi MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko aprel oyida Open FC turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.
Open FC ligasi rasmiylari so'nggi jangini 2020 yilning iyul oyida o'tkazgan Emelyanenko bilan muzokara olib boryapti. O'shanda Aleksandr vatandoshi Magomed Ismailovga nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
"Open FC ligasi Aleksandr Emelyanenkoning aprel oyidagi turnirimizdagi ishtiroki bo'yicha muzokaralarni boshladi. Siz Sashani bizning qafasimizda ko'rishni xohlarmidingiz?" – deyiladi tashkilot rasmiy saytidagi xabarda.
Malumot uchun, Open FC ligasiga hozirda Xabib Nurmagomedovga tegishli GFC promoushenining sobiq egalari asos solishgan.
Havola :
Fikrlar