10 jan 13:04
Yangiliklar
Tennis
Emma Radukanu jarohati haqida gapirdi
US Open-2021 chempioni Emma Radukanu Oklendda mavsumni omadsiz boshlagani haqida gapirdi.
Britaniyalik tennischi ikkinchi davradagi bahs paytida kortda toyib yiqilib tushdi.
"To'g'risini aytsam, bu holatdan o'zim ham xafa bo'ldim. CHunki mavsum oldidan o'zimni juda yaxshi his qilayotgandim va jismoniy tayyorgarligimdan ham ko'nglim to'q edi. Bu shunchaki tasodifiy holat bo'ldi, buni tushuntirib berish juda qiyin.
To'g'risi, men uzoq masofaga ko'p yugurmayman, biroq shunday bo'lsa ham ko'proq rivojlanish uchun qo'limdan kelganini qilaman. Ko'ramiz, Australian Open startiga qadar yaxshi holatda bo'lishga umid qilaman. Ammo hozir biz bugungi kun bilan yashashga majburmiz va bunday paytda ortig'ini kutib ham bo'lmaydi", - dedi Radukanu.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar