06 may 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Emmanuel Rodriges IBF chempioniga aylandi
Puertorikalik Emmanuel Rodriges engil (53,5 kg) vazn toifasida vakant bo'lib qolgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
25 yoshli bokschi britaniyalik 29 yoshli Pol Batlerga qarshi kechgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. O'n ikki raundlik jang mobaynida Batler ikki bor nokdaun holatiga ham tushib qoldi.
Yakunda hakamlar bir ovozdan 118-108, 120-106 va 120-106 hisobida Rodrigesning g'alabasini taminlashdi. Agar bugun Batler g'alaba qozongan taqdirida ham chempionlik kamariga ega bo'la olmasdi. Boisi, u kechagi tarozidan o'tish marosimida belgilangan vazn meyorini bajara olmagandi. Uning vazni 55 kg chiqqan edi.
Havola :
Fikrlar