15 jan 07:41
Yangiliklar

"Endi 500 ming dollar uchun urishmayman". Fransis Ngannu UFC bilan shartnomasi haqida gapirdi
Fransis Ngannuning so'zlariga ko'ra, agar UFC yangi shartnoma bermasa, u Siril Ganga qarshi jangdan so'ng, 2022 yilda boshqa jang qilmaydi.
"Men besh yuz ming dollar uchun boshqa urishmayman. Siril Gan bilan jangga shunchaki shaxsiy sabablarga ko'ra rozi bo'ldim. Garchi menga adolatli munosabatda bo'lishmagan bo'lsa ham, sakkiz marta oktagonga chiqdim. Endi esa hammasi tugadi.
UFC shartnomalar bilan juda ayyorlik qiladi. 40 oy uchun shartnoma imzolanadi va to'rt yildan keyin siz hali ham o'sha kelishuv tasirida ekanligingizni bilasiz.
Men bu jangni yutmoqchiman. Yutqazsam ham hech narsa o'zgarmaydi. Bu menga umuman zarar keltirmaydi. Men shu paytgacha kerakli ishni qilib bo'lganman", -deydi Ngannu.
Fikrlar