22 jan 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi barcha WBC kamarlarida Meyvezerning surati bo'ladi + FOTO
Butunjahon boks ittifoqi (WBC) beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Foyd Meyvezerga hurmat ko'rsatdi.
Gap shundaki, afsonaviy Floydning surati bundan buyon barcha WBC chempionlik kamarlarida aks etadi. CHempionlik kamarida Floyddan tashqari WBC asoschisi Don Xose, Muhammad Ali, Mayk Tayson, Tayson Fyurini ham ko'rish mumkin. Meyvezer professional faoliyati davomida 50 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
"Bu men uchun katta sharaf. Yashil rangdagi WBC chempionlik kamarlarida o'z suratimni ko'rishdan baxtiyorman. Ilk bor shu kamarni qo'lga kiritganimda, undagi chempionlar suratini ko'rib, ularga o'xshashni orzu qilganman. Bugun esa oradan shuncha vaqt o'tib, ular bilan bir safda turibman", — dedi Meyvezer.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar