09 iyu 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis Usik-Joshua jangida kimga muxlislik qilishini aytdi
Amerikalik bokschi Endi Ruis Usik va Joshua o'rtasidagi jang haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Joshuaning Robert Garsiya bilan hamkorlik qilishi - yaxshi. Entoniga meksikalik odam kerak edi. Bundan tashqari Robert o'z jangchilarini agressiv va qarshi hujumga moslaydi. Joshuaga kerakli narsa aynan agressiyadir.
"Usikda qo'rquv yo'q. Qo'rquv yo'q va o'ziga ishongan raqibni mag'lub etish qiyin. Bu g'alabaga bo'lgan kalitdir.
Ukrainadagi voqealar Usikka katta ehtimol bilan motivaciya beradi.
Usikning g'alaba qozonishini istayman. SHuning uchun ham agar Usikka qarshi kelishga to'g'ri kelsa, men chapaqay bokschi bilan jang qilaman", - dedi Ruis.
Havola :
Manba : FightHype
Fikrlar