26 avg 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Endi Ruis: "Usikka juda ko'p muammo tug'diraman"
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis ukrainalik Aleksandr Usikning imkoniyatlari haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
Ruisning Tayson Fyuri va Usikni mag'lub eta olishiga ishonchi komil.
"Usik etarli darajada kuchli bokschi. Aleksandr ringda yaxshi harakat qiladi. Lekin meksikalik jangchi sifatida unga juda ko'p muammo tug'dirishim mumkin. Qo'shimchasiga Tayson Fyuriga ham.
Usikka pressing va kombinaciyalar bilan hujum qilish kerak. U o'zini qulay his qilishiga yo'l qo'ymang. Usikda imkon bo'lishi bilan o'z ishini bajara boshlaydi. Men meksikacha uslubda jang qilaman, oldinga boraman va kombinaciyalar bilan hujum qilaman", — dedi Ruis FightHype.com Youtube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar