13 jan 09:32
Yangiliklar
Eng keksa Olimpiada chempionini bilasizmi?
U 1921 yil 9 yanvarda Budapeshtda tavllud topgan.
Agnesh sport gimnastikasi bilan to'rt yoshligidan shug'ullana boshlagan. 16 yoshligida esa mamlakat chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan. Uning Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish orzusi 1940 yilda ushalishi kerak edi, ammo bunga boshlanib ketgan urush halaqit berdi.
1952 yilda Xelsinkida bo'lib o'tgan Olimpiadada 31 yoshli gimnastikachi bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalini qo'lga kiritdi. To'rt yildan keyin esa sportchi Melburnda Olimpiya o'yinlaring to'rtta oltin va ikkiti kumush medali bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari Agnesh Keleti 1954 yilda jahon chempionatida bittadan oltin, kumush va bronza medali sohibasi ham bo'lgan.
Fikrlar