10 iyu 15:14
Yangiliklar
Dzyudo
Eng og'ir vazndagi dzyudochimiz AQSH va Kuba vakillarini mag'lub etdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqaning so'nggi kuni og'ir vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Bugungi bellashuvlarda yurtimiz sharafini yagona dzyudochimiz SHohruh Baxtiyorov himoya qilmoqda.
+100 kg vazndagi dzyudochimiz ilk davrada AQSH vakili Kristian Konovalni, ikkinchi bosqichda esa kubalik Endi Grandani ippon bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Endi Baxtiyorov birozdan so'ng 1/4 finalda asli dog'istonlik, hozirda BAA sharafini himoya qilayotgan Magomedomar Magomedomarovga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar