05 iyu 14:19
Yangiliklar
Dzyudo
Eng og'ir vazndagi ikki dzyudochimiz 1/2 finalga yo'l oldi
Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirining so'nggi kungi bellashuvlari murosasiz kurashlar ostida davom etmoqda.
Biroz avval eng og'ir vazndagi dzyudochilarimiz SHohruh Baxtiyorov va Alisher Yusupov yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. +100 kg vazndagi Baxtiyorov chorak finalda vengriyalik Richard Sipojni taslim etdi. Endi u final chiptasi uchun gruziyalik nomdor polvon Gela Zaalishviliga qarshi tatamiga chiqadi.
Alisher Yusupov esa franciyalik Jozef Terxekni ippon bahosi bilan taslim etdi. Uning yarim finaldagi raqibi gruziyalik Onise Bugadze bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar