11 fev 11:41
Yangiliklar
Engil atletika
Engil atletika. Ekaterina Voronina Osiyo chempionatida terma jamoamizning ilk oltin medalini qo'lga kiritdi
Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Ekaterina Voronina Qozog'istonda o'tayotgan yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida terma jamoamizning birinchi oltin medaliga mualliflik qildi.
Beshkurash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz 4386 ochko to'plashga erishdi.
Oltin: Ekaterina Voronina (O'zbekiston) ???????? – 4386
Kumush: Svapna Barnan (Hindiston) ???????? – 4119
Bronza: Yuki Yamasaki (Yaponiya) ???????? – 4078
Ekaterina Voronina 4386 ochko jamg'arib, barcha dasturlarda raqibalaridan bir bosh ustun ekanini ko'rsatdi. Beshkurash yo'nalishida mamlakat rekordini yangiladi. Bazi dasturlarda yopiq inshootlardagi shaxsiy ko'rsatkichlarini yaxshiladi. Faoliyatida ikkinchi bor ushbu yo'nalishda Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar