14 iyu 12:52
Yangiliklar
Engil atletika, Osiyo chempionati. Farida Solieva kumush, Svetlana Radzivil esa bronza medalini qo'lga kiritdi!
Ayollar o'rtasida 400 metrga yugurish dasturida qatnashgan Farida Solieva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.
22 yoshli Farida Solieva final dasturida 52.95 soniya natija qayd etib, marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi. Qayd etish joiz, bu bilan navoiylik sportchimiz shaxsiy rekordini yangiladi. Oltin medal SHri-Lanka vakilasiga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni hindistonlik atlet yakunlab berdi.
400 metr, OCH:
1. Ramanayaka Nadisha (SHri-Lanka) – 52.61
2. Farida Solieva (O'zbekiston) – 52.95
3. Aishvarya Mishra (Hindiston) – 53.07
1.75, 1.80 va 1.83 metr balandlikdagi plankalardan birinchi urinishdayoq o'ta olgan Radzivil, afsuski, 1.86 metr balandlikka kelganida omadsizlikka uchradi. Oltin va kumush medallari esa qozog'istonlik atletlarga nasib etdi. Bu Svetlana Radzivil uchun qita birinchiliklaridagi oltinchi medal hisoblanadi.
Balandlikka sakrash, OCH:
1. Kristina Ovchinnikova (Qozog'iston) – 1.86
2. Elizaveta Matveeva (Qozog'iston) – 1.86
3. Svetlana Radzivil (O'zbekiston) – 1.83
Fikrlar