01 noy 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas jahon chempioni navbatdagi jangini o'tkazdi
Las-Vegas shahrida navbatdagi qiziqarli boks kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida eng engil vazn toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Naoya Inoue davogar Jeyson Malouniga qarshi ringga ko'tarildi. O'n ikki raundga mo'ljallangan bahsda Naoya raqibini oltinchi raundda nokdaun holatiga tushirishga erishdi. Ettinchi raundda esa nokaut qilib, kamarlarini yana bir bor munosib himoya qildi.
Bu yaponiyalik chempion uchun faoliyatidagi o'n to'qqizinchi bahs bo'ldi. U barcha janglarida g'alaba qozonishga erishgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar