15 noy 11:34
Yangiliklar
Engilmas Krouford navbatdagi chempionlik himoya jangini o'tkazdi
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda WBO chempionlik kamari sohibi, amerikalik 33 yoshli Terens Krouford (37-0, 28 KO) sobiq IBF chempioni, britaniyalik 34 yoshli Kell Bruk (39-3, 27 KO) ka qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. To'rtinchi raundda Kroufordning kuchli zarbasini o'tkazib yuborgan Bruk mag'lubiyatini tan oldi. Nokdaun holatini qayd etgan referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu o'tgan yili Toshkentga kelib ketgan Terens Krouford uchun to'rtinchi himoya jangi edi.
Malumot uchun, amerikalik chempion faoliyati davomida o'tkazgan 37 ta jangining barchasida g'alabaga erishgan. Hisobida 28 ta nokautli g'alaba bor. Kell Bruk esa bugun uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Britaniyalik bokschi 39 ta jangda zafar quchgan.
Fikrlar