24 noy 08:05
Yangiliklar
Engilmas nokautchi Bahodir Jalolovni jangga chorladi
Superog'ir vaznda 23 yoshli amerikalik bokschi Jared Anderson (12-0, 12 KO) hamyurtimiz Bahodir Jalolov (11-0, 11 KO) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men og'ir vazndagi eng yaxshi bokschiman. Men xarizma va tabassum ila faoliyatimni davom ettiraman. Men buni odamlarni rohatlantirish uchun qilaman. Barchangiz buni ko'rib, bilib turibsiz.
Jalolov — yaxshi bokschi. U masofa saqlashni biladi. Qanday vaziyatda zarba yo'llash kerak emasligini biladi. SHuningdek, u chap qo'lda yaxshi jang qiladi. Agar Jalolov AQSHga kela olsa, men jang qilishim mumkin bo'lgan yigitlardan biri bo'ladi", - deb aytib o'tgan Anderson.
Jared Anderson so'nggi jangini 27 avgust kuni serbiyalik Milan Rovchanin (24-2-0)ga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Bahodir Jalolov 26 noyabr kuni AQSHda Kyortis Xarperga qarshi jang qilishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Fikrlar