05 iyu 07:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua Fyuriga "yo'q" dedi!
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua hamyurti Tayson Fyurining yordamini qabul qilmadi.
WBC kamari sohibi Entoniga Aleksandr Usikka qarshi jangga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'mak berishga tayyorligini aytgan, ammo, Entoni bu taklifni qabul qilmadi.
"Undan nimadir o'rganishim mumkinmi? Menimcha, yo'q! U faoliyatini yakunladi va endi dam olsin. Agar yordam berishni istasa, haqiqatdan ham qiyin ahvoldagi odamlarga ko'mak bersin", - dedi Entoni.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang 20 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar