28 dek 09:43
Yangiliklar
Erkin kurash afsonasi Abdulrashid Sadulaev qaytmoqda
Bu haqda erkin kurash bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xadjimurat Gacalov xabar berdi.
Mutaxassisning aytishicha, jarohatini davolayotgan Sadulaev kelasi oydayoq musobaqalarda ishtirok eta boshlaydi.
"Abdulrashid menga yanvar oyida o'tkaziladigan Yarigin turnirida qatnashishga tayyor ekanini aytdi. SHuningdek, u Evropa chempionatga ham bormoqchi. Lekin qita chempionati tarkibi aynan Yarigin Gran-prisi natijalariga qarab shakllantiriladi. 97 kilogramm vazn toifasida Alixan Jabrailov ham bor. Sadulaev yaxshigina raqobatga duch kelishi aniq", – dedi Gacalov.
Eslatib o'tamiz, Abdulrashid shu yilning sentyabr oyida Serbiyaning Belgrad shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etgandi. O'shanda u yarim finalda Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Axmed Tajudinovga qarshi bahs olib borgan va bo'ynidan jarohat olgan edi. Keyinroq u jarrohlik stoliga ham yotgandi.
Fikrlar