13 fev 15:48
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimizning Anqara yig'ini davom etyapti + FOTO
SHu kunlarda erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Turkiya poytaxti Anqara shahrida o'tkazilayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etyapti.
Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboev, Latif Xalimov, Arsen Ahmedov murabbiyligidagi kurashchilarimiz ikki hafta davomida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishmoqda. Ushbu yig'in Ukrainaning Kiev shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik vazifasini o'tab beryapti.
Terma jamoa tarkibi:
-57 kg: Mahmud SHavkatov, G'ulomjon Abdullaev
-61 kg: Umidjon Jalolov
-65 kg: Ilyas Bekbulatov
-74 kg: Ixtiyor Navro'zov, Bekzod Abdurahmonov, Mirzo Hayitov
-86 kg: Javrail SHapiev
-97 kg: Magomed Ibragimov
125 kg: Maxsud Veysalov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar