28 iyu 19:08
Yangiliklar
Errol Spens Terens Kroufordga qarshi jangdagi imkoniyatlarini baholadi
Errolning so'zlariga ko'ra, uning raqibi jang favoriti ekanligidan umuman havotirda emas.
"Men bunday narsalarga umuman etibor bermayman. Bu jangdan keyin men dunyoning eng yaxshi jangchisi bo'lishimni bilaman. Nima uchun Krouford favorit ekanligini tushunaman. Bu shunchaki hayol. Men hayotga real nigoh bilan qarayman. Ko'p narsalarni boshdan kechirdim va odamlar buni bilishadi.
Men ham uni favorit deb atagan bo'lardim. Hamma narsa bo'lishi mumkin, lekin men imkoniyatlarga qarshi turishda davom etaman. Hamma avtofalokatdan keyin soyaga aylanadi deb o'ylagandi. Men qaytib keldim, ko'zdan jarohat olganimdan keyin ishimni davom ettirdim.
Odamlar xohlagan narsani aytishlari mumkin, ular salbiy bo'lishda davom etishlari mumkin. Lekin ular hech narsani bilishmaydi. Bu haqiqatan ham motivaciyani oshiradi", - dedi Spens.
Eslatib o'tamiz, 29 iyul kuni Las-Vegasdagi "T-Mobayl" arenada yarim o'rta vaznda Errol Spens va Terens Krouford o'rtasida mutlaq chempionlik uchun jangi bo'lib o'tadi.
Fikrlar