24 okt 22:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga Jahon chempionatida birgina Asadxo'jaga muxlislik qilamiz (barcha juftliklar)
Xabar berganimizdek, ertaga Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo'yicha jahon chempionati start oladi.
Biroz avval musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Jahon chempionatining birinchi kuni o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalaridan birgina Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev (-67 kg) ringga ko'tariladi. Uning ilk bosqichdagi raqibi irlandiyalik Brendan Makkiver bo'ladi.
Malumot uchun, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev kattalar o'rtasida O'zbekiston chempioni, yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni, bir qator xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar