30 okt 00:29
Yangiliklar

Ertaga JCHda Nodirjon, Mujibillo, Saidjamshid va Odiljonga muxlislik qilamiz (Juftliklar)
Afsuski, bugun medallar uchun asosiy umidlarimizdan biri hisoblangan Rio Olimpiadasining kumush medali sohibi SHahram G'iyosov ilk jangidayoq jiddiy raqib, qozog'istonlik Aslanbek SHimbergenovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qolgan charm qo'lqop ustalarimiz esa o'z janglarini g'alaba bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Ertaga, jahon chempionatining oltinchi kuni yana to'rt nafar bokschimiz o'z janglarini o'tkazishadi. Eng engil vazn (-48 kg) toifasidagi hamyurtimiz Nodirjon Mirzahmedov Rikkey Neysbittga qarshi jang bilan jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.
30 oktyabr kuni ringga chiqadigan bokschilarimiz:
-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Rikki Nesbitt (Irlandiya) (16:10dan so'ng)
-80 kg: Odiljon Aslonov - Simone Fiori (Italiya) (19:00dan so'ng)
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov - Tayga Imanaga (Yaponiya) (21:55dan so'ng)
-75 kg. Saidjamshid Jafarov - Yuito Marivaki (Yaponiya) (23:30dan so'ng)
Fikrlar