So’nggi yangiliklar

08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0

10 jan 08:47
Yangiliklar

Dzyudo

Ertaga Qatar "Masters" turniri boshlanadi. Bugun qura!

Teglar :  Qatar MastersDzyudo
Nihoyat, ertaga Doha shahridagi Lusail Multipurpose Hall arenasida yilning dastlabki IJF musobaqasi - Qatar "Masters" turniri boshlanadi.

Qatar poytaxti uch kun davomida mavsumning ilk turniriga mezbonlik qiladi. Qatar "Masters" turniri nufuzi jihatidan jahon chempionatidan so'ng etirof etilishi bois, musobaqaga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Har bir vazn toifasida dunyoning kuchli 32 nafar dzyudochisi musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. 

Qatar "Masters" turniri g'olibi oltin medal, pul mukofoti bilan birga qimmatli 1800 reyting ochkosini ham qo'lga kiritadi. Taqqoslash uchun, Jahon chempionatida chempionga 2000 reyting ochko beriladi. "Masters"da kumush medal sohibi 1260, bronza medali egalari 900 reyting ochkosini o'z hisoblariga qo'shib qo'yishadi. Kuchli beshlikdan joy olgan dzyudochilar 648, 7-o'rinni band etganlar esa 468 ochkoga ega bo'lishadi.

Bugun musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Qatardagi hozirgi koronavirus bilan bog'liq mavjud qoidalarga ko'ra arenaga umumiy sig'imdan 30 foizgacha miqdorda muxlislarning kirishiga ruxsat beriladi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing