27 jan 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga Toshkentda katta boks kechasi bo'lib o'tadi. Kechaning markaziy jangida jahon chempioni ringga ko'tariladi
28 yanvar kuni soat 17:00da Toshkent shahridagi Universal sport saroyida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida yaponiyalik Sevonrec Okazava ringga ko'tariladi. Okazavaning raqibi katta ehtimol bilan O'zbekiston vakili Abdurasul Ismoilov bo'ladi.
Malumot uchun, Okazava o'tgan yili Belgradda bo'lib o'tgan jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgandi. U Toshkentda professional boksda debyut qiladi.
Abdurasul Ismoilov esa profida 11 ta jangda ishtirok etib, 10 tasida g'alaba qozongan va 1 ta jangda mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar