So’nggi yangiliklar

08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0

19 noy 14:02
Yangiliklar

Dzyudo

Ertaga "Universal"da O'zbekiston chempionati boshlanadi

Teglar :  DzyudoUniversal
20-22 noyabr kunlari poytaxtimizdagi "Unisversal" sport majmuasida dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.

Mamlakat birinchiligida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 300 nafardan ziyod dzyudochi ishtirok etadi. 2000-2002 yillarda tavallud topgan yoshlar o'rtasida o'tkazilayotgan O'zbekiston chempionatida o'g'il bolalar va qizlar 7 tadan vazn toifasida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqishadi. 

Reja bo'yicha bugun ishtirokchilarni ro'yxatdan va tarozidan o'tkazish, qura tashlash marosimlari, murabbiylar hamda hakamlar uchun seminarlar o'tkaziladi. O'zbekiston chempionati ertaga soat 10:00da boshlanadi. Soat 16:00da musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tsa, soat 17:00dan dastlabki kungi final bellashuvlarga start beriladi. 

Musobaqa dasturi: 

20 noyabr. Boshlanish vaqti: soat 10:00, final bloki 17:00-19:00 

O'g'il bolalar: -60, -66, -73 kg

Qizlar: -48, -52 kg

21 noyabr. Boshlanish vaqti: soat 10:00, final bloki 17:00-19:00 

O'g'il bolalar: -81, -90 kg

Qizlar: -57, -63, -70 kg

22 noyabr. Boshlanish vaqti: soat 10:00, final bloki 14:00-16:00      

O'g'il bolalar: -100, +100 kg

Qizlar: -78, +78 kg 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing