So’nggi yangiliklar

13:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди! 0 12:44Исроил Мадримов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўринда қайд этилди? 0 12:23Мафтункор Эжени Бушар фаолиятидаги сўнгги учрашувини ўтказди 0 12:02Жаҳон чемпионатида 4 та олтин медаль қўлга киритилди. Юнон-рум курашчиларимиз умумжамоа ҳисобида иккинчи бўлишди 0 11:41Ўртоқлик ўйини. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди 0 11:20Арман Царукян навбатдаги рақиби ким бўлиши мумкинлигини айтди. У Ислам ёки Хукер эмас! 0 10:59Esports World Cup Chess. Нодирбек Абдусатторов қайтди, у плей-офф босқичида! 0 10:38Жон Жонсга иккита суд мажлиси тайинланди 0 10:17Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Мессида иккита голли узатма + ВИДЕО 0 09:56Дастин Поре UFC ростеридан чиқарилди 0 09:35Отабек Умаров ООК вице-президенти билан учрашди 0 09:14Арман Царукян: "Хабиб биз учун Худо эди" 0 08:53Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлади 0 08:32Волейбол. Ўзбекистон - Италия (0:3) учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:32Конор МакГрегор допинг тестлар базасига қайта кирди 0

03 fev 22:21
Yangiliklar

Tennis

"Ertaroq borsangiz, o'tirib tomosha qilasiz!". Ikki kunlik o'yin kim uchun o'zi? Muxlislarmi yoki...

Teglar :  Diyor Mavlonov
Bugun O'zbekiston tennis terma jamoasi AQSHga qarshi bahs olib borgani haqida xabar bergan edik.

Bugun norasmiy jahon chempionati sanalmish "Devis Kubogi"ning final bosqichi uchun saralash doirasida mazkur musobaqaning 32 karra g'olibi AQSHga qarshi birinchi kundan o'rin olgan ikkita o'yin o'tkazildi. Ikkala matchda ham mag'lub bo'ldik, boshqa narsa kutishning o'zi ham xato edi, qaysidir manoda.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin Makkenzi Makdonaldga qarshi kutilganidek qarshilik ko'rsata olmadi.

Mag'lubiyatga uchraganiga qaramasdan, namanganlik raketkamiz Humoyun Sultonov dunyoning 19-raqamli, AQSHning esa uchinchi raketkasi bo'lmish Tommi Polni biroz qiynadi, deya olamiz. Ikkinchi setda tay-brekkacha olib bormasdan g'olib bo'lishi mumkin edi Humoyun, ammo omad ham yuz o'girdi undan.


Meni mag'lubiyatlarimizdan ham ko'ra ko'proq qayg'urishga majbur qilayotgan jihat bu — O'zbekiston tennis federaciyasining mazkur o'yinga qanday tayyorgarliklar ko'rgani, muxlislar uchun yaratgan sharoitlari

Musobaqalarni saytimizda onlayn yoritish uchun deyarli har doim arenalarning o'ziga borishga harakat qilaman, sportning zavqi ham shunda-da o'zi! Ammo deyarli 90 % holatlarda saytlardan kelib ishlaydigan jurnalistlar uchun sharoitlar umuman yaratilmagan bo'ladi (futbol bahslari bundan mustasno). Ammo bugungi bahsda buning aksi bo'ladi, deb o'ylagan edim. Sababi dunyoning eng kuchli tennis terma jamoalaridan biri tashrif buyurgan edi mamlakatimizga. SHaroitlar ham shunga yarasha bo'ladi, deb o'ylagan edi ko'pchilik. Barcha sport musobaqalari muxlislar uchun o'tkaziladi o'zi, faqat bizda emas.

O'yinlar poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining tennisga ixtisoslashgan maktabida bo'lib o'tayotganidan xabaringiz bor. Bugun maza qilib tennis ko'ramiz, deb kelgan muxlislar qanchalik xato o'ylaganlarini kortga kelganlarida tushunib etishdi. CHunki u erda o'tirish uchun joy yo'q edi! Taxminimcha, bugungi o'yinni ko'rish uchun 400 nafardan ziyod muxlis tashrif buyurgan edi (rasman elon qilinmadi ham). Ularning 100 dan ziyodi 3 soatga yaqin tik oyoqda o'yinlarni kuzatishdi, tennischilarimizni qo'llab-quvvatlashdi.

(Foto: tennisfamilyuz)

Bir kun avval matbuot anjumani, qura tashlash marosimi Hilton mehmonxonasida o'tkazilgani haqida xabar bergan edik. O'zbekiston Tennis federaciyasida AQSHga qarshi o'yinlarni o'tkazish uchun boshqa joy yo'qmidi?

Fikrimcha, federaciyadagilarning o'zi ham buncha muxlisni kutmagandek. AQSHga qarshi bahsni "Yunusobod" sport majmuasida o'tkazish eng maqbul yo'l edi, o'ylashimcha. 30 yanvar sanasidan buyon "Yunusobod"da hech qanday sport musobaqasi yoki tadbir o'tkazilmadi. To'g'ri, arena uchun federaciya ijara haqi to'laydi, ammo pul yil boshida tasdiqlangan smeta bo'yicha sarflansa (!), buni amallasa bo'lar edi. Boshqa federaciyalar o'tkazyapti-ku, O'zbekiston chepionatini bo'lsa ham.

Telegram'dagi tennis_yangiliklari kanali admini Husniddin Mirzaliev ham bu borada o'z fikrlarini bildirar ekan, tashkilotchilik ishlari nol bo'lganini takidlaydi:

"Tashkilotchilik masalasida federaciya tomonga agar qo'limda g'isht yoki "shlakoblok" bo'lganda otar edim, to'g'risi. Nol, nima desam bo'lar ekan, noldan pastroq son yo'q-da, bo'lmasa - 1 derdim. Pastdagi o'rindiqlar VIP qilingan, u erga faqat alohida taklifnoma orqali kiriladi. Oddiy muxlislarga esa hech qanday sharoit yo'q. Tepadagi balkonda ikkita tarafga joy qilishgan, u erda na stul bor, na o'tirishga sharoit. Odamlar tik oyoqda betonda turib tennis tomosha qilyapti. Uyat bo'lsa ham aytaman, federaciya nolsizlar, nol".

(Foto: tennisfamilyuz)

Tennis bo'yicha havaskor mutaxassis shuningdek terma jamoaning katta murabbiyi Petr Lebed Sergey Fomin ishtirokidagi bahsning ilk seti yakuniga etganidan so'ng, tamaki chekish uchun shoshilganini takidladi:

"Eng katta murabbiyimiz (Petr Lebed) Sergey Fominning o'yinida birinchi set tugab, ikkinchi set boshlanishidan oldin tanaffusda yugurib chiqib ketyapti tamaki chekish uchun. Nima degan gap bu? Qani bu erda vatan tuyg'usi? Sizlar bu erda shunchaki qatnashishga majbur bo'lganlaring uchun o'ynayapsizlarmi tennisni? Maqsad nima o'zi? Odamlarning ustidan kulishmi?".

Ochig'ini aytganda, federaciya bu turdagi musobaqalarni birinchi bor qabul qilishi emas, ammo bugun uning tashkilotchilikdagi muammolari yaqqol ko'rinib qoldi.

Ertaga o'tkaziladigan o'yinlar 12:00 da boshlanadi. Agar o'yinlarni arenaning o'zidan tomosha qilmoqchi bo'lsangiz, ertaroq borganingiz maqul:)

Muallif - Diyorbek Mavlonov


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing