03 iyu 13:20
Yangiliklar
ESPN: Top Rank bilan shartnoma imzolagan Jalolovni muammolar kutyapti
Lekin muammo yuzaga keladigan ko'rinadi. ESPN xabariga ko'ra, Disrupt Promotions kompaniyasi Top Rank rahbari Bob Arum ustidan shikoyat qilmoqchi: "Qizig'i, Bahodirning advokati biz bilan muzokara o'tkazgandi (shartnomani bekor qilish bo'yicha). Va bu narsa unga bir paytning o'zida Top Rank bilan ham shartnoma imzolash uchun to'sqinlik qilmasdi. Bo'lib o'tgan holatni shartnomaning qo'pol tarzda buzilishi deb qabul qilamiz. Aytish mumkinki, Top Rank bilan imzolangan shartnoma huquqiy jihatdan kuchga ega emas", - deyiladi Disrupt Promotions kompaniyasi bayonotida.
Malumotlarga qaraganda, Jalolovning Top Rank kompaniyasidagi debyut jangi yozning oxirlarida bo'lib o'tadi. Arumga tegishli kompaniya divizionning ko'zga ko'ringan amerikalik bokschilari Jared Anderson va Richard Torrez (Torrez Tokio Olimpiadasi finalida aynan Jalolovga yutqazgandi) bilan ham shartnomaga ega.
Hozircha Top Rank kompaniyasi Disrupt Promotions shikoyatiga hech qanday munosabat bildirmadi.
Fikrlar