10 apr 14:51
Yangiliklar
Tennis

Estoril Open. Kasper Ruud faoliyatidagi 10-sovrinini qo'lga kiritdi
Portugaliyaning Eshtoril shahrida o'tkazilgan ATP turniri norvegiyalik Kasper Ruudning chempionligi bilan yakunlandi.
Bugun dunyoning to'rtinchi raketkasiga aylangan Kasper hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 40-pog'onasida borgan serbiyalik Miomir Kechmanovichni mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 7/6(3).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2. Bir yuz sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Ruud 3, Kechmanovich 1 ta eys zarbani amalga oshirgan.
SHu tariqa, norvegiyalik tennischi mavsumdagi birinchi, faoliyatidagi 10-sovrinini qo'lga kiritdi. Millennium Estoril Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Ruudga 250 reyting ochkosi hamda 85,605 evro mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar